Kimyo olimpiada 10-sinf Kimyo olimpiada №1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 10-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. 18,5 g so‘ndirilgan ohak olish uchun necha g ohaktosh kerak bo‘ladi? A) 13.7 B) 33 C) 14 D) 25 2 / 25 2. Quyidagi keltirilgan kvant sonlarining qaysi kombinatsiyasi bitta elektronga tegishli bo‘la olmaydi? A) n = 2, l = 1, m = 0 B) n = 3, l = 1, m +1 C) n = 1, l = 0, m = -1 D) n = 4, l = 2, m = -1 3 / 25 3. 0°C dagi muz 0°C dagi suyuq suv bilan muvozanatda turgan paytda bosimni oshirsak, nima sodir bo‘ladi? A) hech narsa o‘zgarmaydi B) muz suyuq suvga aylanadi C) suyuq suv muzga aylanadi D) bu holatda bosimni oshirishning imkoni yo‘q 4 / 25 4. NO3-+ xH+ + ye- = NH4+ + zH2O yarim-reaksiyadagi x,y,z koeffisientlarni aniqlang. (Barcha koeffisientlar to‘g‘ri bo‘lgan taqdirdagina javob inobatga olinadi) A) x = 8, y = 10, z = 9 B) x = 10, y = 8, z = 3 C) x = 10, y = 8, z = 8 D) x = 5, y = 8, z = 10 5 / 25 5. Elektron yuqoriroq orbitadan pastrog‘iga tushsa, energiya kvanti … Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring. A) yutilmaydi ham, chiqarilmaydi ham B) yutiladi C) chiqariladi D) elektronga aylanadi 6 / 25 6. {A + B ↔ C + D} reaksiyada kimyoviy muvozanat qaror topganida muvozanat konstantasi (K) quyidagicha aniqlansa: ?uni to‘g‘ri va teskari reaksiyalar tezlik konstantalari orqali ifodalashga urinib ko‘ring. A) II B) III C) I D) IV 7 / 25 7. Quyida ba’zi reaksiyalarning issiqlik effektlari keltirilgan: C(grafit) + ½O2 = CO + 110,5 kJ/mol C(grafit) + O2 = CO2 + 393,5 kJ/mol Yuqoridagi ma’lumotlardan foydalanib, {CO + ½O2 = CO2} reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. A) 283,0 kJ/mol B) 172,5 kJ/mol C) 504,0 kJ/mol D) 141,5 kJ/mol 8 / 25 8. 4,2% 100 g natriy gidrokarbonat eritmasi qilzdirildi. Reaksiya to‘liq yakunlanganidan keyin eritmadagi tuzning massa ulushi necha foiz bo‘ladi? Tajribada suvni bug‘lanmaydi deb qarang. A) 5.68% B) 2.68% C) 4.68% D) 3.68% 9 / 25 9. 21% KOH eritmasini hosil qilish uchun 47 g K2O ni 7,9% KOH eritmasining qanday massasida (g) eritish kerak? A) 362 g B) 335 g C) 352 g D) 452 g 10 / 25 10. Propan va butandan iborat 5,6 dm³ (n.sh.da) aralashma to‘iq yonishi natijasida 654 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Propan va butanning yonish issiqligi mos ravishda 2 220 va 2 877 kJ/mol bo‘lsa, dastlabki aralashmadagi butanning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 60.3 B) 84.9 C) 15.1 D) 39.7 11 / 25 11. {N2 + 3H2 = 2NH3 + Q} reaksiyaning muvozanatini o‘ngga siljitish uchun bosim (1) va temperaturani (2) qanday o`zgartirish (a – oshirish, b - kamaytirish) kerak? To‘g‘ri moslikni tanlang. A) 1-b, 2-b B) 1-b, 2-a C) 1-a, 2-a D) 1-a, 2-b 12 / 25 12. Gaz fazasida kechadigan X2 + 2Y2 → 2XY2 reaksiyaning tezligi reaksion idishdagi bosim 6 marta oshirilganda qanday o`zgaradi? A) 216 marta ortadi B) o‘zgarmaydi C) 6 marta ortadi D) 36 marta ortadi 13 / 25 13. O‘lchamlari 4,0 m x 3,0 m x 2,5 m, temperaturasi 20°C bo‘lgan xonada 0,5 litr (ρ = 1,6 g/ml) noma’lum X (M = 80 g/mol) suyuqlik qoldirib ketilgan. Agar 20°C da X suyuqlikning to‘yingan bug‘ bosimi 5 mm Hg bo‘lsa (suyuqlik ushbu temperaturada hosil qilishi mumkin bo‘lgan bug‘larning eng katta bosimi), muvozanat qaror topganda idishda qancha hajm X suyuqlik qoladi? A) 89,5 ml B) X ning hammasi bug‘lanib ketadi C) 410,5 ml D) 455,3 ml 14 / 25 14. Mis sulfatning 90°C dagi to`yingan 200 g eritmasi 30°C gacha sovutilganda cho`kmaga tushadigan CuSO4∙5H2O ning massasini hisoblang. S (90°C) = 40, S (30°C) = 20. (S – 100 g suvda necha g tuz erishi mumkinligini ko‘rsatadi) A) 30 g B) 50 g C) 20 g D) 40 g 15 / 25 15. Yadro reaktorlarida uran-235 yoqilg‘isi neytronlar ta’sirida parchalanadi: 235U + n = 141Ba + X + 3n. Ushbu yadro parchalanishida hosil bo‘ladigan X izotop tarkibidagi neytronlar sonini aniqlang. A) 20 B) 92 C) 56 D) 36 16 / 25 16. Muz (1), osh tuzi (2), kremniy (3) va bronza (4) qattiq agregat holatdagi moddalar sanaladi. Ularning aynan shu agregat holatda saqlanishini ta’minlaydigan kimyoviy bog‘lanish turlarini aniqlang. (a) – kovalent bog‘lanish; (b) – ion bog‘lanish; (c) – metall bog‘lanish; (d) – vodorod bog‘lanish A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c 17 / 25 17. Vodorod – 1H, 2H, 3H, jami 3 ta, xlor esa 35Cl va 37Cl, jami 2 ta izotopdan iborat ekanligini inobatga olib, izotop tarkibi bilan farq qiladigan jami necha xil HCl molekulalarini hosil qilish mumkinligini ayting. A) 4 B) 5 C) 7 D) 6 18 / 25 18. Tarkibida massa bo‘yicha 6,67% vodorod saqlovchi binar tuz qizdirilsa, portlab ketadi va hech qanday qattiq qoldiq qolmaydi. Tuzning kimyoviy formulasini aniqlang. A) FeCl₃ B) O₂ C) NO D) NH₄N₃ 19 / 25 19. 1,7% 500 g kumush nitrati eritmasi eritma massasi 4,64 g ga kamaygunicha elektroliz qilindi. Hosil bo‘lgan eritmadagi tuzning massa ulushini aniqlang. A) 0.77% B) 0.17% C) 0.34% D) 1.36% 20 / 25 20. 0,050 M 10,0 ml sulfat kislota eritmasi 0,025 M NaOH bilan fenolftalein ishtirokida titrlanyapti. Sarflangan titrantning hajmi 35,0 ml ga yetganida eritmaning rangi qanday bo‘ladi? A) sariq B) rangsiz C) olovrang D) binafsha 21 / 25 21. FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda titrlash uchun 0,1 N K2Cr2O7 eritmasidan 5,7 ml sarflandi. Xuddi shuncha FeSO4 na’munasini kislotali sharoitda noma’lum konsentratsiyali KMnO4 eritmasi bilan titrlash uchun esa permanganat eritmasidan 6,1 ml sarflangan bo‘lsa, KMnO4 eritmasining molyar konsentratsiyasini aniqlang. A) 0,093 M B) 0,019 M C) 0,004 M D) 0,467 M 22 / 25 22. Agar mis(II) sulfat eritmasi misli elektrodlar bilan elektroliz qilinsa, katodda mis to‘planadi. Anodda qanday jarayon amalga oshishini tushuntiring. A) elektrod tarkibidagi mis eritmaga Cu2+ ionlari ko‘rinishida o‘tadi B) mis(II) oksidi hosil bo‘ladi C) kislorod ajralib chiqadi D) mis(II) gidroksidi hosil bo‘ladi 23 / 25 23. 1,42 g P4O10 suvda eritilganida kislotali eritma hosil bo‘ldi. Uni to‘liq neytrallash uchun 1,0 M NaOH eritmasidan 20,0 ml sarflangan bo‘lsa, hosil bo‘lgan fosfor saqlovchi kislotaning kimyoviy formulasini aniqlang. A) NH₄N₃ B) O₂ C) FeCl₃ D) HPO₃ 24 / 25 24. Suvda amalga oshuvchi H2O ↔ H+ + OH- reaksiyaning muvozanat konstantasi (Kw) 25°C da 1,0∙10-14 ga, 100°C da esa 5,5∙10-13 ga teng. Ushbu ma’lumotlarni inobatga olib, reaksiyaning issiqlik effekti (1) va 100°C dagi neytral suvning pH ko‘rsatkichini (2) aniqlang. (a) – ekzotermik; (b) – endotermik; (c) – 7,0; (d) – 6,1 A) 1-b, 2-c B) 1-a, 2-c C) 1-a, 2-d D) 1-b, 2-d 25 / 25 Ozon qatlamining yemirilishida quyidagi reaksiyalar ishtirok etishi mumkin: 25. O3 = O + O2 O3 + NO = O2 + NO2 O3 + O = 2O2 O3 + NO2 = 2O2 + NO Keltirilgan reaksiya tenglamalarini tahlil qilib, ozon qatlamining yemirilishini katalizlovchi moddalarni aniqlang. A) O₂ va NO B) NO C) O₂ D) O-atomlari 0% Testni qayta ishga tushiring 9-sinf Kimyo olimpiada №1May 11, 2022 11-sinf Kimyo olimpiada №1May 11, 2022