Kimyo olimpiada 11-sinf Kimyo olimpiada №1 0 12345678910111213141516171819202122232425 Vaqtingiz tugadi! 11-sinf Kimyo olimpiada №1 2021-2022 o'quv yilda tuman bosqichida tushgan savollar 1 / 25 1. Oltingugurt kislotalarining qaysi birida massa bo‘yicha 1,03% - H, 32,99% - S mavjud bo‘ladi? A) H₂SO₄ B) H₂S₂O₈ C) H₂S₂O₆ D) H₂S₂O₃ 2 / 25 2. Bor modeliga ko‘ra vodorod atomidagi elektronning energiyasi quyidagicha aniqlanadi: bu yerda n – 1,2,3, … va h.k. butun sonlar. Bor modeliga ko‘ra elektronni 1-orbitadan (n = 1) 2-orbitaga (n= 2) o‘tkazish uchun qancha energiya (eV) talab qilinadi? A) 6.8 B) 10.2 C) 13.6 D) 40.8 3 / 25 3. 2-metilbuten-2 molekulasi HBr bilan ta’sirlashganda eng ko‘p qanday mahsulot hosil bo‘ladi? A) 2-brom-2-metilbutan B) 2-brom-3-metilbutan C) 2,3-dibrom-2-metilbutan D) 2-metilbutan 4 / 25 4. PZR (Polimerazali Zanjir Reaksiyasi) (COVID-19 pandemiyasida barchaga tanilib ulgurgan!) usulida DNK molekulasidan juda ko‘p marotaba nusxa olinadi. 1-siklda 1 ta DNK dan 1 ta nusxa, 2-siklda 2 ta DNK: har biridan 1 tadan, jami 2 ta nusxa, 3-siklda 4 ta DNK dan jami 4 ta nusxa olinsa, DNK molekulalari soni 100 tadan oshishi uchun nechanchi siklni bajarish kerak? A) 6 B) 8 C) 7 D) 9 5 / 25 5. HClO-HClO2-HClO3-HClO4 kislotalar qatorida kislotaning kuchi (1) va oksidlovchilik qobiliyati (2) qanday o‘zgaradi?(a) ortadi; (b) kamayadi; (c) o‘zgarmaydi A) 1-a, 2-a B) 1-a, 2-b C) 1-c, 2-b D) 1-b, 2-a 6 / 25 6. Massasi 23,2 g bo‘lgan Mg va MgO dan iborat aralashma to‘liq qaytarildi va yetarli miqdorda xlorid kislota ta’sir ettirildi. Natijada 15,68 litr (n.sh.da) gaz modda ajralib chiqdi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi metallning massasini (g) aniqlang. A) 7.2 B) 9.6 C) 16 D) 12 7 / 25 7. 2Al3+ + 3CO32- + 3H2O → 2Al(OH)3 + 3CO2 Ushbu jarayon qaysi moddalar ishtirokida sodir bo‘ladi? A) alyuminiy(III) gidroksid va karbonat kislota B) alyuminiy(III) sulfid va kaliy karbonat C) alyuminiy(III) sulfat va natriy karbonat D) alyuminiy(III) xlorid va karbonat kislota 8 / 25 8. 2N2O = 2N2 + O2 reaksiyaning tezligi quyidagicha ifodalanadi: r = k[N2O]2. Azot(I) oksidining yarmi parchalanishga ulgursa, uning parchalanish tezligi dastlabkisiga nisbatan qanday o‘zgaradi? A) o‘zgarmaydi B) 2 marta ortadi C) 2 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi 9 / 25 9. Qaysi qatorda Cu+ ionining elektron konfiguratsiyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan? ⁴⁵⁷⁸ ¹ A) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s¹ B) 1s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° C) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d⁹4s² D) 1s²2s²2p⁶3s²3p⁶3d¹°4s° 10 / 25 10. Havodagi azotning sanoatda o‘zlashtirilishi quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshadi: N2 → NH3 → NO → NO2 → HNO3 → NH4NO3. Sxemadan ayon bo‘lyabdiki, ammoniy nitrat tarkibidagi ham ammoniy kationi, ham nitrat anioni havo tarkibidagi azotdan hosil bo‘lmoqda. 1 tonna ammoniy nitrat sintez qilish uchun qancha m3 (n.sh.da) havoni qayta ishlash kerak? (Havodagi azotning hajmiy ulushini 80% deb qarang) A) 350 B) 250 C) 550 D) 450 11 / 25 11. 25°C da 100 g suvda 0,17 mg AgCl erishi ma’lum bo‘lsa, erish reaksiyasining (AgCl ↔ Ag+ + Cl-) muvozanat konstantasini hisoblang. Tuz qo‘shilganida suvning hajmi o‘zgarmaydi deb qarang. A) 1·10⁻¹⁴ B) 3·10⁻¹⁰ C) 1·10⁻¹⁰ D) 1·10⁻¹³ 12 / 25 12. Etilatsetat (CH3COOC2H5) belgilangan kislorod tutuvchi suv (H218O) bilan gidrolizlansa, qanday mahsulotlar hosil bo‘ladi? A) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅OH B) CH₃COOH va C₂H₅¹⁸OH C) CH₃COOH va C₂H₅OH D) CH₃CO¹⁸OH va C₂H₅¹⁸OH 13 / 25 13. Quyidagi reaksiyalarni tahlil qilib 1 g uran-235 yoqilg‘isidan olinadigan energiyaga teng issiqlik hosil qilish uchun necha tonna ko‘mirni yoqish kerakligini aniqlang. (1 eV = 1,6∙10-19 J) 235U + n = 114Ba + 92Kr + 3n + 200 MeV/(har bir uran-235 yadrosiga) C + O2 = CO2 + 395 kJ/mol A) 3,58 B) 6,26 C) 2,49 D) 4,86 14 / 25 14. 19,2 g kalsiy karbididan qancha hajm (ml) benzol (ρ = 0,876 g/ml) olish mumkin? Har bir bosqichning reaksiya unumi 50%. A) 3,236 ml B) 4,236 ml C) 2,326 ml D) 2,226 ml 15 / 25 15. O‘ng tomondagi rasmlarda CH3CH2F → CH2=CH2 + HF reaksiya uchun tegishli ma’lumotlar keltirilgan: R – tegishli yadrolar orasidagi masofa, ∆R – yadrolar orasidagi masofaningboshlang‘ichga qaraganda qanchaga o‘zgarishini bildiradi. RHF, RCM va RCC masofalar vaqt o‘tishi bilan qanday o‘zgarishini (A, B, C, D) aniqlang. A) RHF – B, RCM – C, RCC - A B) RHF – D, RCM – A, RCC – C C) RHF – B, RCM – D, RCC - C D) RHF – A, RCM – D, RCC - B 16 / 25 16. Butenning izomerlaridan biriga kislotali sharoitda suv biriktirilganida oksidlovchilar bilan ta’sirlashmaydigan spirt hosil bo‘ladi. Uglevodorodni aniqlang. A) metilsiklopropan B) 2-metilpropen C) buten-1 D) buten-2 17 / 25 17. AlCl3 suyuqlanmasi 6,4 A tok kuchi bilan 30 minut davomida elektroliz qilinganida katodda hosil bo‘ladigan metallning massasini (g) aniqlang. A) 1.79 B) 3.21 C) 5.37 D) 1.07 18 / 25 18. 1,43 ml (ρ = 0,81 g/ml) noma’lum aldegid kumush(I) oksidining ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganida 4,32 g kumush hosil bo‘lgan bo‘sa, noma’lum aldegidni aniqlang. A) butanal B) formaldegid C) atsetaldegid D) propanal 19 / 25 19. Quyida keltirilgan (1) va (2) reaksiyalarning muvozanat konstantalari qiymatlaridan (x va y) foydalanib, (3) reaksiyaning muvozanat konstantasi qiymatini (z) keltirib chiqaring. A) z = x∙y B) z = x²∙y C) z = x + y D) z = 2x + y 20 / 25 20. Etil spirti kislotali sharoitda qizdirilganida A uglevodorod hosil bo‘ldi. A ning polimerlanishidan B polimer hosil qilindi. Polimerlanish natijasida molekulalar soni 1000 marta kamaygan bo‘lsa, B ning polimerlanish darajasini hisoblang. A) 1000 B) 1001 C) 1002 D) 999 21 / 25 21. Quyidagi moddalardan qaysilari natriy bilan ta’sirlashib gaz ajrata oladi: 1) etilen 2) etanol 3) sirka aldegidi 4) fenol 5) sirka kislotasi? A) 4, 5 B) 2, 3, 4, 5 C) 2, 4, 5 D) 2, 5 22 / 25 22. 5 g noma’lum metall xlorid kislota eritmasi bilan ta’sirlashganida 2 litr (n.sh.da) vodorod ajralib chiqqan bo‘lsa, noma’lum metallni aniqlang. A) Fe B) O2 C) H2O D) HF 23 / 25 23. Kaliy xromat va kaliy dixromat tuzlari aralashmasida xromning massa ulushi 30,0% bo‘lsa, undagi xromat/dixromat mol nisbatini aniqlang. A) 5/2 B) 1/1 C) 3/2 D) 7/2 24 / 25 24. Ra-226 izotopi α-yemirilishga uchraydi. Agar 1,13 g radiy-226 izotopi shunday parchalansa, qancha hajm (n.sh.da) gaz hosil bo‘ladi? A) 112 ml B) 28 ml C) 224 ml D) 56 ml 25 / 25 25. Kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini aniqlash uchun undan 10,0 ml alikvota olindi va suv bilan 250,0 ml hajmgacha suyultirildi. Hosil bo‘lgan eritmadan 10,0 ml alikvota olinib, unga 2 M 10 ml H2SO4 va 0,200 M 10,0 ml FeSO4 qo‘shildi. Biroz vaqt o‘tgach aralashma 0,020 M KMnO4 eritmasi bilan titrlandi. Titrlash uchun 5,0 ml titrant sarflangan bo‘lsa, dastlabki kaliy dixromat eritmasining konsentratsiyasini (M) aniqlang. A) 0.625 B) 0.833 C) 3.75 D) 0.025 0% Testni qayta ishga tushiring 10-sinf Kimyo olimpiada №1May 11, 2022 Texnologiya attestatsiya №20May 12, 2022