Davlat tili (O'zbek tili) olimpiada 11-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 1 12345678910111213141516171819202122232425 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 11-sinf O'zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1 2022-yil 12-oktabr: 2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar! 1 / 25 1. Berilgan gapdagi sifatdoshni aniqlang. Olimpiadaga qatnashuvchi talabalar jurnali yozildi. A) qatnashuvchi B) yozildi C) olimpiadaga D) talabalar 2 / 25 2. Quyidagi berilgan gapning turini aniqlang. Sayohatga juda erta kelibsan. A) Buyruq gap B) Inkor gap C) Yig‘iq gap D) Tasdiq gap 3 / 25 3. Bo‘sh qoldirilgan joylarni kerakli qo‘shimchalar bilan to‘ldiring. Men ko‘p kitob o‘qiy…. Kerak... joylarini eslab qolish uchun kitob… varaqlarini buklab, ma’lumotlarning tagi… chizib qo‘yaman. A) -man; -lik; -ning; -ga; B) -man; -li; -ni; -ga. C) -man; -lik, -ni; -dan. D) -man; -li; -ning; -ga. 4 / 25 4. Quyidagi berilgan gaplarning nechtasida tire to‘g‘ri qo‘yilgan? 1) Ikki karra to‘rt – sakkiz; 2) Vatan – muqaddas; 3)Mening iqrorim – shu; 4) Niyatim – o‘qish; 5) Odob – insonning boyligi. A) Uchta o‘rinda to‘g‘ri; ikkita o‘rinda noto‘g‘ri. B) Berilgan barcha holatlarda tire to‘g‘ri qo‘llangan. C) To‘rtta o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. D) Ikkita o‘rinda to‘g‘ri; uchta o‘rinda noto‘g‘ri. 5 / 25 5. Berilgan gapda nechta to‘ldiruvchi qatnashgan va to‘ldiruvchining nechtasi otlashgan sifat bilan ifodalangan? Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas. A) Gapda uchta to‘ldiruvchi bor. Ikkatasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. B) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Bittasi otlashgan sifat bilan ifodalangan. C) Gapda bitta to‘ldiruvchi bor. To‘ldiruvchi otlashgan sifat bilan ifodalanmagan. D) Gapda ikkita to‘ldiruvchi bor. Ikkalasi ham otlashgan sifat bilan ifodalangan. 6 / 25 6. Berilgan namunlardan qaysi birida faol kirish so‘zlar ishtirok etgan? A) Anvar va men musobaqaga ertaga soat sakkizda boramiz. B) Afsus, futbol jamoamiz musobaqada yutqizib qo‘ydi. C) O‘rta asrlarda Xitoy va Hindiston paxtaning vatani hisoblangan. D) Usmon Nosir juda qisqa umr ko‘rdi. 7 / 25 7. Vositasiz to‘ldiruvchi ishtirok etgan gapni toping. A) Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan dog‘. B) Til qilichdan o‘tkir. C) Bu olmani ukam uchun oldim. D) Birni kessang, o‘nni ek. 8 / 25 8. … egani yoki to‘ldiruvchini aniqlab, qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. A) hol B) aniqlovchi C) kesim D) hol va kesim 9 / 25 9. Ushbu gapda holining qaysi turi ishtirok etgan? Gapiravermagach o‘zim so‘roqqa tutdim. A) o‘rin holi B) payt holi C) holat holi D) sabab holi 10 / 25 10. Berilgan namunalardan qaysi birida bog‘lovchi vositasida qo‘llanuvchi so‘zlar berilgan? A) shuning uchun, agar B) deb, bo‘lsa, esa C) goho, ba’zan, goh D) biroq, ammo, lekin 11 / 25 11. Ot-kesim qatnashgan gapni belgilang. A) Qushlar chiroyli sayrayapti. B) Dronlar bugungi kunda harbiy kuch sifatida foydalanilmoqda. C) Nodira uyga vazifalarini qilib bo‘lmadi. D) Bizning yurtda har doim mehmon aziz. 12 / 25 12. Sabab holi ishtirok etgan gapni belgilang. A) Kecha majlis bo‘ldi. B) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur. C) Olimjon orqada qoldi. D) Dushman chorasizlikdan taslim bo‘ldi. 13 / 25 13. Kelishik qoʻshimchalarini qoʻllash bilan bogʻliq xatolik uchraydigan javobni aniqlang. A) Nasimning otasi Qoʻqonnigina emas, butun xonlikning tanilgan kishilaridan edi. B) Xalqimizning eng noyob fazilatlaridan biri – uning bir tan, bir jon boʻlib yashashidir. C) Salohiyatimizni yurtimizning xalqaro maydondagi obroʻ-e’tibori oshishi uchun safarbar etamiz. D) Maqsadlarimizga erishish uchun oldimizda turgan toʻsiq va gʻovlarni yengib oʻtishimiz kerak. 14 / 25 14. Matnni o‘qing. Unga mos nomni aniqlang. Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Olimlarning ilmiy tadqiqotlar B) Kashfiyot va ixtirolar C) Insoniyat tamadduni D) Sharq olimlari 15 / 25 15. Quyidagi sinonimlar qatorida noto‘g‘ri so‘z qo‘llangan javobni belgilang. A) ko‘p, talay, bisyor B) xirpa, tullak, ayyor C) hur, ozod, erkin D) xunuk, badbashara, aft 16 / 25 16. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Bu hududning tabiati, havosi, sharoiti juda yaxshi. A) hol B) kesim C) aniqlovchi D) ega 17 / 25 17. Gapdagi // o‘rnida qanday tinish belgisi bo‘lishi kerak? Pul bo‘lsa // changalda sho‘rva. A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul 18 / 25 18. O‘zlashtirma gapning kesimi qanday fe’llar bilan ifodalanadi? A) gapirmoq, so‘zlamoq, demoq B) demoq, aytmoq, gapirmoq C) so‘ramoq, buyurmoq, aytmoq D) aytmoq, gapirmoq 19 / 25 19. Qavs ichidagi ma’nolar ifodalanishi uchun nuqtalar o‘rniga qaysi so‘z qo‘yilishi lozim? Ovqatni … (“ulashmoq”), qamchi … (“urmoq”), qo‘yni … (“o‘lchamoq”). A) bermoq B) urmoq C) tortmoq D) uzmoq 20 / 25 20. Matnni o‘qing. “Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish” ilmiy nazariyasi kim tomonidan takror isbotlanganligini belgilang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. -Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. -Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) Karol Yov B) Beruniy C) Kopernik D) Nyuton 21 / 25 21. Bosh harf bilan yozish qoidasi amal qilib yozilgan birlikni aniqlang. A) Davlat Soliq Qumitasi B) Oliy Xoʻchalik Sudi C) Adliya Vazirligi D) Vazirlar Mahkamasi 22 / 25 22. Quyidagi ega haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri? Ega harakatning bajaruvchisini bildirib keladi. Ega kim?, nima?, qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi. Ega egalik va ko‘plik shaklarini qabul qiladi. A) ikkitasi B) bittasi C) to‘rttasi D) uchtasi 23 / 25 23. Qaysi gapda yasama so‘zlar soni nisbatan ko‘proq? A) Ota-onaning roziligi umrni ziyoda qiladi. B) Kimki berahmdir — rahm qilinmas, Kechirmaganlarni kechirmas Olloh. C) Istarali kishining kiyimidagi yamoqlar ham yarashib turadi. D) Biror yangilik eshitib qolsangiz, bizni xabardor qiling. 24 / 25 24. Qaysi javoblarda gap bo‘laklariga to‘g‘ri ajratilgan? Aziza ertalab she’r yozadi. A) ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol B) ega, hol, to‘ldiruvchi, kesim C) hol, ega, to‘ldiruvchi, kesim D) kesim, to‘ldiruvchi, hol, kesim 25 / 25 25. Matndagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni qaysi so‘z turkumlariga mosligini aniqlang? Izlanish, tekshirish va ilmiy tadqiqot natijasida, ba'zan esa tasodifan topilgan yoki yaratilgan ilmiy yangilik kashfiyot hisoblanadi. Insoniyat bosib o'tgan tarixiy jarayonda juda ko'p kashfiyotlar qilingan. Jahondagi eng buyuk kashfiyot Beruniyning "Yerning o'z o'qi atrofida aylanishi va sayyoralarning Quyosh atrofida aylanishi" to'g'risidagi ilmiy nazariyasidir. Ushbu ilmiy nazariya 500 yildan so'ng Yevropada Kopernik tomonidan takrorlangan. Keyingi olamshumul kashfiyot Nyutonning "Butun olam tortishish qonuni" hisoblanadi. Insoniyat tomonidan "Atom va vodorod bombalarining o'ylab topilishi" mudhish kashfiyot sanaladi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlash kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonunlar yaratiladi. Fanda muhim yangiliklarning yuzaga kelishi ixtiro deyiladi. Jahondagi mashhur ixtirolarga Arximedning suv chiqarish vinti, nemis talabasi Motor tomonidan ichki yonuv dvigatelining yaratilishi, Fon Bravun va Korol Yov tomonidan raketalarni yasash va boshqalar kiradi. A) ot, sifat, sifat B) ot, ravish, hol C) sifat, ravish, sifat D) ot, hol, sifat 0% 10-sinf O’zbek tili (Davlat tili) olimpiada №1Oktabr 15, 2022 10-sinf Informatika №2Oktabr 15, 2022