Over 10 years we help companies reach their financial and branding goals. Engitech is a values-driven technology agency dedicated.

Gallery

Contacts

411 University St, Seattle, USA

engitech@oceanthemes.net

+1 -800-456-478-23

Kimyo olimpiada

 9-sinf Kimyo olimpiada №3

2

9-sinf Kimyo olimpiada №3

2022-yil 13-oktabr:

2022-2023 o'quv yili tuman bosqichida tushgan savollar!

1 / 25

1. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan kislota hosil bo`ladi?

2 / 25

2. Ma’lum bir sharoitda N₂O₄(g) ⇄ 2NO₂(g) reaksiyaning muvozanat konstantasi 5,0·10-2 ga teng. Xuddi shu sharoitda NO₂(g) ⇄ ½ N₂O₄(g) reaksiyaning muvozanat konstantasini hisoblang.

3 / 25

3. Konteyner umumiy bosimi 800 mm simob ustuni bo`lgan 0,064 kg kislorod va 0,084 kg azot saqlaydi. Azotning parsial bosimi:

4 / 25

4.

Umumiy p elektronlar soni umumiy s elektronlar sonidan ikki barobar kichik bo`lgan tartib raqami eng
kichik elementni aniqlang.

5 / 25

5. 1,00 gr Mg(NO₃)₂·xH₂O kristallogidrati 550 °С da qizdirildi, natijada 0,217 gr qattiq qoldiq hosil bo`ldi. Kristallogirdatdagi х ni aniqlang.

6 / 25

6. Quyidagi qaysi elementdan tashqari barcha elementlar allatropiyani namoyon qiladi?

7 / 25

7. Bir xil sharoitda gazsimon selen ftoridi gazsimon kisloroddan 4,84 marta og`ir bo`lsa, u ftorid tarkibida qancha ftor atomi borligini aniqlang.

8 / 25

8. Vodorodning 3 xil izotopi (¹H; ²D; ³T) va kislorodning ¹⁷O va ¹⁸O li izotoplaridan hosil bo’lgan suv molekulalaridan necha foizi tarkibida 11 ta neytron boladi?

9 / 25

9. 200 ml 0,2 M KOH eritmasiga 300 ml 0,15 M HCl eritmasi qo`shildi. Hosil bo`lgan eritmaning pH qiymatini aniqlang. Eritmalar aralashtirilganda eritmalar hajmi qo`shiladi deb hisoblang.

10 / 25

10. Fosfatli yoki kompleksli o`g`itlar tarkibiga kiruvchi quyidagi moddalardan qaysi birida fosforning massa ulushi eng ko`p?

11 / 25

11. Quyidagi oksidlardan qaysi birining suv bilan reaksiyasidan ishqoriy muhit hosil bo`ladi?

12 / 25

12. Agar tabiatda xlorning 35 va 37 izotoplari mavjud bo‘lsa, Cl2 tarkibli gaz molekulalarining necha foizi 35Cl-35Cl izotop tarkibga ega bo‘ladi? Ar(Cl) = 35,5.

13 / 25

2SO13. 2 + O13. 2 = 2SO3 reaksiya uchun vanadiy(V) oksidi geterogen katalizator hisoblanadi. Katalizator ishtirokidagi reaksiyalar 2 bosqichda amalga oshadi:
1-bosqich: ....
2-bosqich: 4VO13. 2 + O13. 2 = 2V13. 2O5
Katalizatorga xos umumiy xususiyatlardan kelib chiqib 1-bosqich reaksiya tenglamasini keltiring.

14 / 25

14. 20 ml 0,10 M li Na₂SO₄ ni 50 ml 0,30 M Na₃PO₄ eritmasi bilan aralashtirilganda hosil bo`ladigan eritmadagi Na+ ionlarining konsentrasiyasini aniqlang.

15 / 25

15. reaksiyada X - :

16 / 25

16. Uch xil moddalar – X, Y va kislorod aralashtirildi. Reaksiya ikki bosqichda ketadi:

Yuqorida keltirilgan jarayonlar katalizatori:

17 / 25

17. N₂(g) + ₃H₂(g) →₂NH₃ (g) ushbu jarayonda 11,2 dm³ (n.sh.) azot va 1,0 gr vodorod ishlatildi va bunda 0,25 mol ammiak ajratib olindi. Reaksiya unumini aniqlang.

18 / 25

18. Eng qutibli bog`:

19 / 25

19. 40˚C dagi reaksiya 30˚C dagi reaksiyaga qaraganda 6 sekund oldin tugaydi. 50˚C dagi reaksiyaga qaraganda 2 sekunddan keyin tugaydi. Ushbu reaksiya 10˚C da necha sekundda tugaydi.

20 / 25

20. 20 l NO va 30 l O₂ aralashtirildi. Moddalar doimiy temperatura va bosimda reaksiyaga kirishdi hamda hamma NO NO₂ ga aylandi. Hosil bo`lgan gazlar aralashmasining hajmi l da qancha?

21 / 25

21. Quyida molekulaning elektron tuzilishi berilgan: 

22 / 25

22. Agar quyidagi reaksiya butun koeffisentlar bilan tenglashtirilsa, H+ oldidagi koeffisent nechaga teng?

23 / 25

23. Qaysi qattiq modda 25°С da suyultirilgan xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishib havodan zichroq bo`lgan gazni hosil qiladi.

24 / 25

24. Massasi 79,8 g bo’lgan ishqoriy metall va uning oksidi aralashmasining 1,2 mol miqdori suvda eritilganda tarkibida 300 g suv saqlagan 6 mol/kg li eritma hosil bo’ldi. Metallni aniqlang.

25 / 25

25. Pirobelonit PbMn₂VO₄OH mineralida vanadiyning oksidlanish darajasi:

0%

Fikr qoldiring

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Informatiklar.uz
error: Diqqat: Kontent himoyalangan !!